» » OAV: Ekvadorda cho‘chqa grippi oqibatida halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi

OAV: Ekvadorda cho‘chqa grippi oqibatida halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi


Ekvadorda 2017-yilning noyabr oyi o‘rtasida tarqalgan cho‘chqa grippi (H1N1 virusi) oqibatida halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi. Ushbu virusga chalinganlarning umumiy soni esa 500 kishidan oshdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Espinoza ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“Ekvadorda A virusi (H1N1) oqibatida halok bo‘lganlar soni 22 kishiga yetdi”, — dedi vazir.

Espinosaning ta’kidlashicha, ayni vaqtda aholini, “birinchi navbatda homilador ayollarni, qariyalarni, surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchilarni, shuningdek, besh yoshgacha bo‘lgan bolalarni” emlash kampaniyasi o‘tkazilmoqda. “Hozirga qadar 700 mingdan ortiq odamga profilaktik emlash ishlari amalga oshirildi”, — deya qo‘shimcha qildi Espinosa.

Xavfli virus bilan kasallanganlarning soni ortib borayotgani sabab Sog‘liqni saqlash vazirligi aholini mustaqil ravishda davolash ishlari bilan shug‘ullanmaslikka chaqirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют