» » Parijda Fransiya va O‘zbekiston futbol federatsiyalari rahbarlari o‘zaro hamkorlik borasida kelishib oldi

Parijda Fransiya va O‘zbekiston futbol federatsiyalari rahbarlari o‘zaro hamkorlik borasida kelishib oldi


Uch kun davomida Ispaniyada bo‘lib, O‘zbekiston futboli uchun foydali bo‘lgan bir qator kelishuvlarga erishgan O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Parijga yetib keldi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — Fransiya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan ko‘rishish va o‘zbekistonlik futbol murabbiylari uchun foydali bo‘lgan o‘quv-kurslarini tashkil etish masalasini hal etish edi.

Fransiyada Ahmadjonovni futbol federatsiyasi prezidentiga qarashli mahkama boshlig‘i janob Kenni Jan Mari, tashqi aloqalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim boshlig‘i Emili Doms hamda FFF texnik direktori Filip Montanyer kutib olgan.

Bungacha Umid Ahmadjonov 4 ta mintaqaga bo‘lib rivojlantirish ko‘zda tutilgan O‘zbekistondagi bolalar futboli masalasi borasida Ispaniya va belgiyalik mutaxassislar bilan fikr almashgandi. Endi ular safiga fransiyaliklar ham qo‘shildi. Bunda o‘zbekistonlik iqtidorli futbolchilarning Fransiyada malaka oshirishi masalasi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Super Ligasida faoliyat olib borayotgan klub mutaxassislari nafaqat ispan jamoalari, balki Fransiya futbolidan ham o‘zlari uchun kerakli bilimlarni o‘zlashtiradigan bo‘ldi. Unga ko‘ra, klub bosh direktorlari va akademiyalar uchun javobgar shaxslar malaka oshirish uchun Parijga keladi.

Bir vaqtning o‘zida Milliy olimpiya qo‘mitasiga ham rahbarlik qilayotgan Umid Ahmadjonov Fransiyalik bir qator mutaxassislarni o‘quv-kurslarini o‘tkazish uchun O‘zbekistonga taklif qilgan. Unga ko‘ra, shu yilning aprel—may oylarida Fransiya delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi. Uning safida Fransiya sport vazirligi hamda mamlakat futbol federatsiyasi mutaxassislari bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют