» » Osiyo Chempionati U23. Qatarni penaltilar seriyasiga ko‘ra taslim qilgan Vyetnam finalning ilk ishtirokchisi bo‘ldi

Osiyo Chempionati U23. Qatarni penaltilar seriyasiga ko‘ra taslim qilgan Vyetnam finalning ilk ishtirokchisi bo‘ldi


Vyetnamning 23 yoshgacha futbolchilardan tashkil topgan terma jamoasi Osiyo Chempionatining finaliga yo‘l oldi. Bu holatni ko‘pchilik sensatsiya bilan tenglashtirmoqda.

Yarim finalda chempionlik uchun asosiy da’vogar bo‘lgan Qatar bilan to‘qnash kelgan vyetnamlik futbolchilar 2:2 hisobida durang o‘ynadi va penaltilar seriyasiga ko‘ra zafar quchdi. Chorak finalda ular Iroq bilan 3:3 hisobida durang o‘ynab, yana o‘sha penaltilar sabab muvaffaqiyat qozongandi.

Vyetnam guruh bosqichini bor-yo‘g‘i 4 ochko bilan bosib o‘tgandi. Musobaqani Janubiy Koreyaga qarshi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlagan Vyetnam, keyinroq Avstraliyani 1:0 hisobida yenggan, Suriya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi.

Qatar esa ketma-ket to‘rt bellashuvda zafar quchishga erishdi. Ispaniyalik mutaxassis boshqarayotgan jamoa turnirni O‘zbekistonni yengish bilan boshlagandi. 2014-yil qatarlik futbolchilar Osiyo Chempionati U19 da g‘olib chiqqan bo‘lib, 2017-yilga kelib deyarli shu avlod Xitoydagi bugungi musobaqaga ishtirok etayotgandi.

Vyetnam esa 2014-yilgi musobaqada Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya bilan bir guruhdan joy olib, uni 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda yakunlagan. Xitoy bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan Vyetnam, Yaponiyadan 1:3, Janubiy Koreyadan 0:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan. O‘tgan 3 yil davomida ularda o‘sish kuzatildi.

Osiyo Chempionati U23

Yarim final

23-yanvar, seshanba

Gollar: Akrom Afif, 39-pen (1:0). Nguyen Xai, 69 (1:1). Almuaz Ali, 87 (2:1). Nguyen Xai, 88 (2:2).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...