» » Pul yetarli bo‘lmasa, qanday qilib avtomobil sotib olish mumkin?

Pul yetarli bo‘lmasa, qanday qilib avtomobil sotib olish mumkin?


Ko‘chalarda harakatlanayotgan yangi modeldagi avtomobillarga qarab, har bir insonda yangi avtomobil xarid qilish istagi tug‘iladi. Biroq, xohish-istaklar har doim ham imkoniyatga to‘g‘ri kelavermaydi. Avtomobil xarid qilish uchun pul yetarli bo‘lmasa-chi? Albatta pul yig‘ish va qulay fursatni kutish mumkin. Bundan tashqari, moliyalashtirishning zamonaviy usullaridan ham foydalanish mumkin. Avtobor.uz sayti O‘zbekistonda avtomobil xarid qilishni moliyalashtirishning eng ommabop usullarini quyida keltirib o‘tdi:

Sotib olish sharti bilan ijaraga olish

Mazkur xizmat turi Toshkent bozorlarida ancha keng tarqalgan. Sotib olish sharti bilan ijaraga berishda avtomobil egasi xaridorga pulni bo‘lib berish imkoniyatini beradi. Xaridor avtomobil pulini to‘liq to‘laganidan keyingina uni o‘z nomiga rasmiylashtirishi mumkin. Shu bilan birga xaridor avtomobil egasiga boshlang‘ich badalni to‘laydi va qolgan summani har oy bo‘lib bera boshlaydi.

Sotib olish sharti bilan ijaraga berish xizmatini nafaqat jismoniy shaxslar, balki yuridik shaxslar ham yo‘lga qo‘ygan. Xususan, Sirg‘ali avtomobil bozorida faqat sotib olish sharti bilan ijaraga beriladigan avtomobillar uchun alohida qator mavjud. Jismoniy shaxslardan tashqari, qator tashkilotlar ham sotib olish sharti bilan avtomobilni ijaraga berish bilan shug‘ullanadi.

Yuridik shaxslar yordami bilan avtomobil xarid qilishning afzalliklari quyidagicha:

Sotib olish sharti bilan avtomobilni ijaraga olish xizmatidan asosan, jismoniy shaxslar foydalanadi. Avtomobilning pulini to‘liq to‘lash muddati esa 1 yildan 5 yilgacha bo‘lishi mumkin.

Lizing

Lizing yordamida ham xaridor avtomobilni sotib olish va pulini keyinroq to‘lash imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Lizing kelishuvi avtomobil sotuvchisi, xaridor (lizing oluvchi) va lizing kompaniyasi ishtirokidagi ikki yoki uch tomonlama shartnomani ko‘zda tutadi. Lizing kompaniyasi avtomobilga egalik qilish huquqini lizing amal qilish muddatiga xaridorga beradi. Bunda lizing shartnomasi muddati tugagunidan so‘ng mulkchilik huquqi xaridorga o‘tadi.

Lizingni rasmiylashtirish paytida xaridorga qo‘shimcha ravishda quyidagilar zarur:

Lizing kompaniyalarida xaridorlarning tanlab olishi uchun o‘z avtoparki bo‘lishi mumkin. Biroq, ular xaridorning o‘ziga bozordan avtomobil tanlash imkonini berishi ham mumkin.

Yuridik shaxslar hamda tadbirkorlar lizing shartlariga ko‘ra avtomobil xarid qilishi mumkin. Lizing to‘lash muddati 1 yildan 5 yilgacha.

Bank krediti

Bank krediti (yoki avtokredit) nomidan ham ma’lumki, tijorat banklari tomonidan taqdim etiladi. Lizing kompaniyalaridan farqli ravishda banklar faoliyati markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi.  Shu tufayli qarz oluvchiga va uning kredit to‘lash imkoniyatlari tahliliga nisbatan banklar tomonidan qat’iy talablar qo‘llaniladi.

Lizing va kredit o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, kreditda pul mablag‘lari foydalanish uchun beriladi, lizingda esa — muayyan mulk.

Bugungi kunda avtomobil xarid qilish uchun bank kreditlaridan asosan yuridik shaxslar va doimiy ish joyiga ega bo‘lgan shaxslar foydalanmoqda. Biroq bozorda jismoniy shaxslarga kredit evaziga avtomobil xarid qilishga ko‘maklashib, hujjatlarni yig‘ishda, avtomobilni baholashda hamda bank tranzaksiyalarini amalga oshirishda yordamlashadigan bir qator yuridik shaxslar faoliyat yuritmoqda.

Agar siz avtomobil sotib olmoqchi bo‘lsangiz-u, pulingiz yetmayotgan bo‘lsa, u holda lizing, avtokredit yoki sotib olish sharti bilan ijaraga berish asosida taqdim etilayotgan avtomobillar bilan quyidagi manzilda tanishing.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 17:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют