» » O‘zbekistonlik futbolchilar finalga yo‘l olgach, Parijda bo‘lib turgan Umid Ahmadjonov “Daryo”ga intervyu berdi

O‘zbekistonlik futbolchilar finalga yo‘l olgach, Parijda bo‘lib turgan Umid Ahmadjonov “Daryo”ga intervyu berdi


O‘zbekiston U23 terma jamoasi Xitoydagi Osiyo Chempionatining finaliga yo‘l olgach, ayni paytda Parijda bo‘lib turgan O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov “Daryo” uchun eksklyuziv intervyu berdi.

Uchrashuvni Parijdan tomosha qilishimizga to‘g‘ri keldi. Toshkentga qaytishimiz oldidan yigitlarimizning tarixiy natija qayd etib, finalga yo‘l olgani — kayfiyatimizni ko‘tarib yubordi.

Biroq bu hali hammasi emas. Ko‘zi yonib turgan futbolchilarimiz finalda ham shunday tempda to‘p surib, qit’a chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lishlariga ishonaman.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor bitta turnirda ham Xitoy, ham Yaponiya va ham Janubiy Koreyani taslim qilishga erishdi.

Natijadan juda xursandman. Bu tasodifiy g‘alaba emasligi kishini ikki karra xursand qiladi. O‘zingiz ko‘rib turibsiz, yigitlarimizda ishtiyoq juda baland. Bu futbolchilarimiz uyg‘onayotganidan darak bo‘lsa, ajab emas. Axir biz Yaponiya, Janubiy Koreya kabi termalarni yirik hisoblarda mag‘lub etmoqdamiz. Ba’zida shunday, muxlislarga yoqadigan hujumkor futbol o‘ynab, yakunda mag‘lub bo‘lgan jamoalar ham olqishlanadi. Muhimi, futbolni yurakdan o‘ynash. Men so‘nggi ikki bellashuvda shuni ko‘rdim.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Xitoydagi turnir Tokio—2020 Olimpiadasi uchun yo‘llanma bermasdi. Shunday bo‘lsa-da, O‘FF Ravshan Haydarov jamoasi oldiga chempionlik vazifasini qo‘ygandi.

Ha, biz Olimpiadaga yo‘llanma olmayapmiz. Ammo aytishim kerakki, buning uchun oldinda qator ishlarni amalga oshiramiz va yana bir tarixiy natija qayd etishga bor kuchimiz bilan intilamiz.

Biroq so‘nggi vaqtlarda muxlislarning ko‘ngli o‘zbek futbolidan biroz qolgandek ko‘rindi. JCh—2018 saralashidagi muvaffaqiyatsizlik hammamizga qattiq ta’sir qildi. Xitoydagi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishimiz, muxlislarga umid berishi mumkin edi. O‘rtaga nima tikilgan bo‘lmasin, har qanday g‘alaba ishqibozlarimizni xursand qilmay qo‘ymaydi. Va yilning mana shunday yuqori notada boshlanishi, uning shunday davom etishiga zamin yaratishi mumkin. Buning uchun jamoamizga rahmat. Ammo qaytaraman, bu hammasi emas. Osiyoda tengsiz bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermasligimiz kerak.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Osiyo Chempionati U23’ning final o‘yini 27-yanvar kuni Vyetnamga qarshi bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют