» » O‘zbekiston Afg‘onistonda ikkinchi temir yo‘lni qurishda ishtirok etadi

O‘zbekiston Afg‘onistonda ikkinchi temir yo‘lni qurishda ishtirok etadi


Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Kobulda Mozori Sharif – Hirot temir yo‘lining qurilishini muhokama qildi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Qo‘chqorovning so‘zlariga qaraganda, loyihani baholash ishlari yakunlangan, ayni paytda uning O‘zbekiston tijorat banklari hamda Osiyo infrastruktur investitsiyalar banki tomonidan moliyalashtirilishi borasida muzokaralar bormoqda.

Temir yo‘l qurilishi Afg‘oniston va O‘zbekiston uchun, shuningdek, boshqa davlatlar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Loyihaning amalga oshirilishi Afg‘onistondan Xitoyga Andijon orqali uch kunda yetib olish imkonini beradi.

O‘z navbatida, Ashraf G‘ani mamlakatlar o‘rtasida infrastrukturalar bo‘yicha hamkorlikning kengayishi aholi turmush tarzini yaxshilash va mintaqani rivojlantirish imkoniyatini berishini ta’kidlab o‘tdi.

Loyiha qiymati 11,2 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют