» » Arzon chiptalar, imtiyozlar va xavfsizlik: O‘zbekiston hukumati Aqto‘bedagi kabi fojia takrorlanmasligi uchun harakat boshladi

Arzon chiptalar, imtiyozlar va xavfsizlik: O‘zbekiston hukumati Aqto‘bedagi kabi fojia takrorlanmasligi uchun harakat boshladi


O‘zbekiston hukumati yo‘lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga doir shoshilinch chora-tadbirlarga doir qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan fojiali voqealar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, chegaradosh davlatlar bilan xalqaro yo‘llarda muntazam avtobus qatnovlari tashkil etiladi.

Chegaradosh davlatlarning tegishli vazirlik va idoralari bilan O‘zbekiston fuqarolarini noqonuniy tashish, ular ishtirokida baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida borgan mamlakatda avtotransport vositalarida xavfsizlik standartlari va talablarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik ta’minlanadi.

Borgan mamlakatidagi ro‘y bergan hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolarga xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari tomonidan shoshilinch yordam ko‘rsatish mexanizmi ishlab chiqiladi.

Aviatsiya va temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni tashish uchun chiptalar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining buyurtmanomalari bo‘yicha imtiyozli tariflar bo‘yicha rasmiylashtirish nazarda tutilgan Idoralararo bitim tasdiqlanadi.

Bir oy muddatda charter qatnovlarni amalga oshirish, harakatdagi temiryo‘l tarkibi soni, shu jumladan, platskart vagonlar ulushini ko‘paytirish, budjeti past bo‘lgan xorijiy avia- va temiryo‘l kompaniyalari, jumladan, “Rossiya temir yo‘llari” bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

2018-yilning 1-fevralidan boshlab, yo‘lovchilar bilan davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan avtobuslar va mikroavtobuslar yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют