» » Yevropa Suriya va Iroqda jang qilgan yuzlab odam qaytishini kutmoqda

Yevropa Suriya va Iroqda jang qilgan yuzlab odam qaytishini kutmoqda


Yevropaga Suriya va Iroqdagi mojarolarda ishtirok etgan jangarilarning qaytishi sezilarli, biroq kutilganidek yuqori darajada bo‘lmadi. Bu haqda Yevropa politsiya muassasasi (Yevropol) rahbari Rob Ueynrayt ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Biz nega shunday bo‘lganini bilmaymiz. Ulardan qanchasi o‘lgani, yana qanchasi boshqa mintaqalarga yo‘l olgani ham bizga qorong‘u. Biroq ko‘plab hisobga olinmagan va qaytib, terrorchilik faoliyatida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan chet ellik jangchilar bor. Bu bizda eng katta tashvish uyg‘otayotgan muammolardan biri”, — dedi Ueynrayt.

Joriy yil Suriya va Iroqda jang qilgan qancha odam Yevroittifoqqa qaytishi mumkinligi haqidagi savolga Yevropol rahbari “aniq aytolmayman, ammo ular minglab emas, yuzlab bo‘lishi mumkin. Ularning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda”, dedi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют