» » Qachon suv ichish mumkin: ovqatdan oldinmi, ovqat mahalimi yoki ovqatdan keyinmi?

Qachon suv ichish mumkin: ovqatdan oldinmi, ovqat mahalimi yoki ovqatdan keyinmi?


Kimdir suvni hazm qilish osonroq bo‘lishi uchun ovqatlanish oldidan ichishni masalahat beradi. Ba’zilar suv oshqozon shirasini suyultirib yuborishini va natijada hazm qilish sekinlashishini aytadi.

Quyida gastroenterolog Anna Yurkevichning bu boradagi maslahatlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

To‘g‘ri ovqatlanish haqidagi yo‘riqnomalarda odatda 25–30 ml/kg raqami ko‘p uchraydi — odamga aynan shuncha suv ichish tavsiya qilinadi. Albatta bu raqam shartli ravishda ko‘rsatilgan, chunki odamning qancha suv ichishi ko‘pgina omillarga bog‘liq:

Organizmning chanqash haqidagi signallarini o‘z vaqtida fahmlay olishingiz kerak. Buning uchun yoningizda har doim suv solingan piyola yoki butilka bo‘lsin va har 30—60 daqiqada bir marta xohlagancha suv iching.

Endi esa suv va ovqat munosabatlari haqida.

Shubhasiz, suv oshqozon shirasini suyultirishi va kislotalilikni pasaytirishi yolg‘on.

Aks holda, kislotalikni pasaytiruvchi dori-darmonlarni buyurishga hojat qolmas edi, bir piyola suvning o‘zi yetarli bo‘lar edi.

Ovqatlanishdan oldin ham, keyin ham va ovqat mahali ham suv ichish mumkin. Masala suyuqlikning qanday maqsadda va qanday hajmda ichilgani. Och qoringa ichilgan suv me’dadan ancha tez chiqib ketadi: 300 ml suv 5–15 daqiqa davomida.

Albatta, ovqatlanishdan oldin bir litr va undan ortiq miqdorda suv ichish kerak emas, chunki suyuqlikning me’dadan chiqib ketishi uzoqroq davom etadi, yeyilgan ovqat bilan birgalikda esa uning devorlarini cho‘zib yuborishi va yoqimsiz holatni keltirib chiqarishi mumkin.

Ovqatlanish vaqtida, agar siz quruq ovqat iste’mol qilayotgan bo‘lsangiz suv ichish mumkin. Bunday holatda suv ovqatning o‘tishini, yumshashini va maydalanishini yaxshilaydi.

Ovqatlanib bo‘lgandan keyin bir necha qultum suv ichishni xohlash bu normal holat. Asosiy o‘lchov — bu sizning xohishingiz, ya’ni chanqash va sizning sezgilaringiz.

Manba: “Layfxaker”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют