» » Gavayi gubernatori o‘zining Twitter sahifasidagi parolini bilmagani uchun halokat haqidagi xabarni kechroq bekor qilgan

Gavayi gubernatori o‘zining Twitter sahifasidagi parolini bilmagani uchun halokat haqidagi xabarni kechroq bekor qilgan


Gavayi orollari gubernatori Devid Aydj 13-yanvarda jo‘natilgan raketa hujumi haqidagi xabarning yolg‘on ekanligini ikki daqiqadan so‘ng bilgan. Biroq bu haqda Twitter orqali xabar berishni o‘ylamagan. Chunki u o‘zining Twitter sahifasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olmagan. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Gavayi aholisi halokat haqidagi xabarning xato sababli jo‘natilgani haqida 40 daqiqadan so‘ng ma’lumot olgan. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi esa noto‘g‘ri xabar jo‘natilganidan 20 daqiqa o‘tgach, bu haqda Twitterda ma’lum qilgan.

Aydj jurnalistlar savollariga javob berish chog‘ida Twitter‘dagi sahifasining login va parolini yoddan bilmasligini tan olgan, shuningdek, u hodisadan so‘ng parol va loginni telefoniga yozib olganini va endi o‘z sahifasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olishini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют