» » Usmon Yusupov uy-muzeyi faqat yangiyo‘lliklarga xizmat ko‘rsatadimi?

Usmon Yusupov uy-muzeyi faqat yangiyo‘lliklarga xizmat ko‘rsatadimi?


Ayni paytda Yangiyo‘l shahridagi Usmon Yusupov uy-muzeyi fondida 4 mingga yaqin noyob buyumlar saqlanayapti. Ushbu manzilda 20 yil yashagan, 1937—1950-yillarda respublikaning birinchi rahbari bo‘lib ishlagan Usmon Yusupovning hayoti va faoliyatidan tashqari, yaqin o‘tmish haqida ham qiziqarli ma’lumotlar taqdim etadi, deyiladi “Xalq so‘zi” gazetasi maqolasida.

Muzey direktori Sayyora Mamadaliyevaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tasarrufidagi mazkur dargoh ta’mirdan chiqarilganidan so‘ng bu yerga keluvchilar soni oshgan. Xususan, o‘tgan yili maskanga 12 mingga yaqin odam tashrif buyurdi. Ular uchun ekskursiyalar tashkil etildi. Muzeyning beshta badiiy bezatilgan zali ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldirdi.

“Yillik hisobotda keltirilgan bu raqamning kam yoki ko‘pligi masalaning ikkinchi tomoni. Ajabalarli holat esa muzeyga kelayotganlarning aksariyati — yangiyo‘llik yoshlar. Bu muassasa ma’muriyatining tumandagi maktab va kollejlarda olib borayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari samarasidir ehtimol. Lekin haqiqat shuki, muzey hozircha faqat yangiyo‘lliklarga xizmat ko‘rsatayapti, xolos”, — deyiladi maqolada.

“Shu ma’noda, muzeyga keluvchilar geografiyasini kengaytirish — muhim masalalardan biri! Buning uchun targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, lozim topilsa, uy-muzeyini sayyohlik yo‘nalishlari qatoriga kiritish maqsadga muvofiqdir”, — deya xulosa qilinadi maqolada.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют