» » Orol dengizida omon qolgan yagona jonzotni baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi davlatlar sotib olmoqda

Orol dengizida omon qolgan yagona jonzotni baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi davlatlar sotib olmoqda


Orol dengizi suvida faqat bitta jonzot — artemiya omon qoldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Artemiya 100 million yillardan buyon o‘zgarishsiz kelayotgan oddiy organizmlardan biri. U yer yuzida asosan xlorli, sulfatli, karbonatli, har litrida 300 grammgacha tuzi bor sho‘r suvda uchraydi. Ular suv o‘tlari, bakteriyalar bilan oziqlanadi. Orol dengizidagi artemiyalar asosan urg‘ochi, lekin ular o‘z-o‘zidan ko‘payish xususiyatiga ega.

Orol dengizidan artemiya sistalarini yig‘ib olib sotish bilan shug‘ullanadigan 10 dan ortiq firma va korxona mavjud. Ularni baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi qator davlatlar sotib olmoqda. Mahalliy baliqchilik xo‘jaliklari ham albatta foydalanadi.

Artemiya sistalari asosan Xitoy, AQSh, Rossiya, Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston va Eron davlatlarining tuzli ko‘llarida yetishtiriladi. O‘zbekistonda esa faqat Orol dengizida uchraydi.

U baliq lichinkalari uchun juda zarur ozuqa. Oddiy omuxtalar bilan boqilgan baliq lichinkalarining 50 foizi tirik qolib o‘sadigan bo‘lsa, artemiya lichinkalari bilan oziqlangan baliq lichinkalarining 90 foizdan ko‘prog‘i hech qanday kasalliksiz rivojlanadi.

Ayni paytda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan artemiyalarning yashash sharoiti va yetishtirish darajasini o‘rganish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют