» » Aqto‘beda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarga bag‘ishlangan xayriyada 160 mln so‘m yig‘ildi

Aqto‘beda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarga bag‘ishlangan xayriyada 160 mln so‘m yig‘ildi


Aqto‘beda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarga bag‘ishlangan xayriyada yig‘ilgan pul 160 million so‘mdan oshdi. Bu haqda xayriya tashkilotchilaridan biri, bloger Xushnudbek Xudayberdiyev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“20-yanvar kuni yaxshi niyatlar bilan xayriya aksiyasini e’lon qilgan edik. Bugungacha aksiya doirasida 160 million so‘mdan ortiq pul yig‘ildi. Bunda O‘zbekistondan so‘m plastikka o‘tkazilgan, pul o‘tkazish xizmatlari orqali xorijdan yuborilgan hamda PayPal tizimi orqali o‘tkazilgan elektron pullar hisobga olindi.

Afsuski xorijiy valyuta o‘tkazmalari uchun ochilgan Visa karta orqali pul qabul qilishning imkoni bo‘lmadi. Qandaydir bankdagi texnik sabablar tufayli xorijdagi yurtdoshlarimiz ushbu kartaga pul o‘tkaza olmadilar. Natijada xorijdagi, ayniqsa Rossiya va Koreyadagi juda ko‘plab hamyurtlarimizning niyat qilgan ehsonlarini qabul qila olmadik.

Shunga ko‘ra, biz yaxshi insonlarning ko‘magi bilan Rossiya va Koreya uchun alohida hisob raqami tashkil qildik. Ishonamizki, bu qarorimiz xayriya aksiyasi ko‘lamini yanada kengaytiradi va tushadigan ehsonlar miqdori yanada oshishiga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki rejalarimiz bo‘yicha, xalqimizning sahovati natijasida har bir marhumning oilasiga 10 million so‘mdan ajratishni niyat qilganmiz. Shunda taxminan 520 million so‘m mablag‘ kerak bo‘ladi. Umid qilamizki, birgalashib, ushbu dovonni bemalol zabt eta olamiz”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ayni paytgacha 12 million so‘mdan ortiqroq pul tarqatilgan. Kelayotgan dam olish kunlari Namangan va Farg‘ona viloyatiga borib, qolgan summalarni ham tarqatish rejalashtirilgan. “Bunda bizga mahalliy hokimiyat vakillari katta amaliy yordam ko‘rsatmoqda, ular bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan”, — deb yozdi bloger.

So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):

8600 3104 3723 2663

Karta Najmiddinov Bahriddin nomiga ochilgan.

Rossiya va MDHdagi o‘zbekistonliklar quyidagi manzilga pul o‘tkazishlari mumkin:

63900218 9070623784

Yusupov Ural Xujakulovich nomiga ochilgan (“Sberbank Maestro”)

Koreyadagi o‘zbekistonliklar quyidagi manzilga pul o‘tkazishlari mumkin:

1002-856-118459 Woori Bank (ATMdagi kodi 020)

Dadajonov Rakhimjon nomiga ochilgan

Xorijdagilar PayPal tizimi orqali quyidagi manzilga pul o‘tkazishlari mumkin:

paypal.me/AbrorjonKodirov (abrorkodirov.uz@gmail.com)

Savollar tug‘ilganda Telegram va WhatsApp orqali +998946119998 (Xushnudbek) raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 1) ( 53) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...