» » Farg‘onadagi Teatr-konsert saroyi: Islom Karimov “Farg‘ona tong otguncha” qo‘shig‘ini shu yerda eshitish orzusida edi

Farg‘onadagi Teatr-konsert saroyi: Islom Karimov “Farg‘ona tong otguncha” qo‘shig‘ini shu yerda eshitish orzusida edi


Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 27-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Farg‘ona viloyatida ham turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Xabarda ta’kidlanishicha, bugun Farg‘onaga kelgan mehmon bo‘ladimi yoki xorijlik sayyoh, albatta, Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyiga tashrif buyuradi. Birinchi Prezident tashabbusi bilan barpo etilgan mazkur san’at saroyi Farg‘ona ahli uchun aziz tuhfalardan biri sifatida yanada qadrli, deyiladi xabarda.

Farg‘ona azaldan madaniyat va san’at o‘chog‘i sifatida nom qozongan. Mazkur san’at maskani ham bu an’analarni yangicha mazmunda davom ettirishga xizmat qilmoqda. Bugun Farg‘onada o‘tkaziladigan ko‘plab tadbirlar ana shu maskanda tashkil etilmoqda. Teatr jamoalarining spektakllari, san’atkorlarning bayram dasturlari namoyish qilinmoqda. Bu san’at maskaniga kelgan kishi o‘ziga katta ma’naviy ruh, madad olib qaytadi.

– Birinchi Prezidentimizning olijanob fazilatlari barchamiz uchun ibrat maktabi bo‘lib qoldi, – deydi O‘zbekiston Qahramoni Botirjon Temirov. – Ayniqsa, Farg‘ona shahridagi mislsiz bunyodkorlik ishlari bevosita u kishining tashabbusi bilan amalga oshirildi. Shahrimizdagi san’at saroyi ana shulardan biri. U kishi bu maskanning qurilishiga bosh-qosh bo‘ldi. Birinchi Prezidentimiz viloyat faollari bilan uchrashuvida “mazkur san’at saroyi bitsa, sizlar bilan o‘tirib, “Farg‘ona tong otguncha”ni bir eshitaman”, deb niyat qilgan edilar. Bu saroy barchamiz uchun aziz maskan sifatida u kishini doimo eslatib turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют