» » 58 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘tirgan avtobus Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida qutqarib qolindi

58 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘tirgan avtobus Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida qutqarib qolindi


Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida O‘zbekiston fuqarolari o‘tirgan avtobus qutqarib qolindi, deb yozadi Tengrinews.

Pavlodar hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus Toshkentdan Krasnoyarskka qarab ketayotgan edi. Transport vositasi sovuqqa dosh bera olmasdan, Shiderti qishlog‘i yaqinida ishdan chiqqan. Bu paytda avtobusda 57 yo‘lovchi va haydovchi bo‘lgan.

Odamlar sovuqda qolgan transport vositasidan evakuatsiya qilinib, Shiderti qishlog‘i isinish punktiga joylashtirilgan. Yo‘lovchilar isinib olgach, ular avtobusda Pavlodarga jo‘natilgan. U yerda barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan yo‘lovchilar va haydovchi avtobus parkining issiq binosiga kiritilgan, ularga issiq ovqat va tunash uchun joy ajratilgan.

Pavlodar hokimi apparati bo‘lim boshlig‘i Rizabek Ashirbekovning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilar orasida bir ayol bor.

Qutqaruvchilar ta’kidlashicha, yaqin orada aholi punkti bo‘lmaganida avtobus yo‘lovchilarini sovuq urgan bo‘lardi.

“Ayni paytda nosoz avtobus ta’mirlanmoqda. Tuzatilgach, u o‘z yo‘lida davom etishi mumkin. Mahalliy politsiya xizmati xodimlari uni Rossiya bilan chegaragacha kuzatib qo‘yadi”, — dedi Ashirbekov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют