» » Britaniyalik sug‘urtachilar Muhammad ismli avtomobil egalari uchun narxlarni oshirdi

Britaniyalik sug‘urtachilar Muhammad ismli avtomobil egalari uchun narxlarni oshirdi


Muhammad ismli britaniyalik haydovchi avtomobilini sug‘urta qildirish uchun an’anaviy yevropacha ismli mashina egasiga nisbatan 200—900 funt sterling ko‘proq pul to‘laydi. Bunday holatga uchragan aholi uni “oddiy irqchilik” deb atamoqda. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

The Sun nashri tadqiqot o‘tkazib, 60 ta sug‘urta kompaniyasidagi narxlarni solishtirib ko‘rdi. Admiral, Bell va M&S kabi yirik kompaniyalar mashina egasining ismi Muhammadga o‘zgarishi bilan polis narxini darhol oshirgani ma’lum bo‘ldi.

Masalan, 2007-yilgi Ford Focus’ni sug‘urtalash uchun Jon Smit ismli odam 1333 funt sterling, Muhammad Smit esa 2252 funt sterling to‘lagan. Ism tufayli narxlardagi farq haqida berilgan so‘rovga javoban esa, sug‘urta kompaniyalari rahbarlari hech qanday qonunni buzishmayotganligini aytgan.

Yana bir avtomobil egasi, Muhammad Batt ma’lum qilishicha, sug‘urta kompaniyasi dastlab uning ismini Sulaymon deb o‘ylab, unga boshqa narx aytgan. Ismi Muhammad ekanligini bildirgach, narx 166 funt sterlingga oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют