» » Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti: qozoq tilining lotin grafikasiga o‘tishi — O‘zbekiston uchun muhim

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti: qozoq tilining lotin grafikasiga o‘tishi — O‘zbekiston uchun muhim


Lotin grafikasiga asoslangan yangi qozoq alifbosi Qozog‘iston uchun ham, O‘zbekiston uchun ham muhim. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi “Kazinform”.

“Lotin grafikasiga asoslangan alifbo Markaziy Osiyoda doim ishlatilib kelingan va asosiy hisoblangan. Chorak asr davomida lotin yozuvidan foydalanish orqali, O‘zbekistonda ma’lum bir tajriba to‘plangan. Shu bilan birga hammamiz tushunamizki, bu jarayon oson emas, uni joriy qilish ancha vaqt oladi. Turli ilmiy yondashuvlar yuzaga kelishi, bu borada ziddiyatlar paydo bo‘lishi ham istisno emas. Ammo nima bo‘lganda ham, lotin grafikasiga asoslangan bu alifbo Qozog‘iston va O‘zbekiston uchun juda muhim, chunki tariximizni usiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki ko‘plab umumiy kitoblar va arxiv hujjatlar o‘z davrida aynan lotin yozuvi asosida yaratilgan”, — dedi Bahrom Abduhalimov.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yangi o‘zbek alifbosidan muvaffaqiyatli ravishda foydalanuvchi butun bir avlod o‘sib-ulg‘aygan, va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qozog‘istonlik sheriklari bilan lotin yozuviga o‘tish bo‘yicha ishlar tajribasini bo‘lishishga tayyor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют