» » O‘zbekiston afg‘on tovarlariga tranzit bojini 50 foizga kamaytirdi

O‘zbekiston afg‘on tovarlariga tranzit bojini 50 foizga kamaytirdi


O‘zbekiston Kobul va Toshkent o‘rtasida imzolangan ishbilarmonlik va tranzit bitimlariga asoslanib, mamlakat orqali olib o‘tiladigan Afg‘oniston yuklari tranziti uchun bojni pasaytirdi, deb yozadi UZ24 Afg‘oniston moliya vazirligiga tayanib.

Moliya vaziri Eklil Hakimiy aytishicha, shu paytgacha O‘zbekiston mamlakat orqali o‘tayotgan tovar bilan to‘ldirilgan har bitta konteynerdan 2500 dollar boj undirgan, ayni paytda boj 1250 dollargacha kamaytirilgan. “Biz ham O‘zbekistonga nisbatan shunday yo‘l tutdik, yig‘imlarni ikki barobar qisqartirdik”, — dedi Hakimiy.

Afg‘oniston Savdo-saoat palatasi rasmiy shaxslari so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tranzit va biznes sohasida Afg‘onistonning yaxshi sherigi hisoblanadi. “O‘zbekiston Afg‘onistonga boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirishda yordam berish borasida hayotiy muhim rolni o‘ynashi mumkin”, — dedi palata vakili Seyam Pisarlay.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют