» » Sverdlovskda 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan avtoavariyaga “Yekaterinburg go‘zali” nomiga da’vogar qiz sababchi bo‘ldi

Sverdlovskda 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan avtoavariyaga “Yekaterinburg go‘zali” nomiga da’vogar qiz sababchi bo‘ldi


Yil boshida Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida ro‘y bergan va 4 kishining umriga zomin bo‘lgan avariyaga “Yekaterinburg go‘zali” tanlovi qatnashchisi sabab bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. 

YTH 8-yanvar kuni Yekaterinburg—Tyumen trassasining o‘ninchi kilometrida sodir bo‘ldi. Kia haydovchisi boshqaruvini uddalay olmay, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketdi va Lada bilan to‘qnashdi.

Undagi 3 kishi, jumladan, uch yoshli qizaloq halok bo‘ldi, yana ikki kishi og‘ir jarohat oldi. Kia yo‘lovchisi ham olamdan o‘tdi. 

Kia avtomobilini haydovchilik guvohnomasini uch oy avval olgan, Asbestga, ota-onasining oldiga ketayotgan 20 yoshli Anastasiya Tryanina boshqargani ma’lum bo‘ldi. U 2017-yilda “Yekaterinburg go‘zali” nomiga da’vogarlik qilgan, biroq finalgacha yetib bormagandi. 

Anastasiyaga bir necha operatsiya qilindi, biroq hozirgacha hushiga kelgani yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют