» » Putin va Erdo‘g‘on Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi

Putin va Erdo‘g‘on Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbatlashib, Suriyadagi vaziyatni, shu jumladan, Turkiya Suriyaning Afrin shahrida olib borayotgan operatsiyani muhokama qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Erdo‘g‘on ushbu masala bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikdagi faoliyatga va u bilan koordinatsiyaga katta ahamiyat berishini aytdi.

Ikkala prezident ham Suriyadagi inqirozni mamlakat hududiy yaxlitligini saqlab qolish va mamlakat suverenitetini hurmat qilish asosida hal qilish muhimligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, ikki mamlakat yetakchilari Suriya milliy dialog kongressini o‘tkazish uchun birgalikda harakat qilishni davom ettirish borasida qat’iyligini tasdiqladi. Ular kongress vakillik xususiyatiga ega bo‘lishiga va mamlakatdagi vaziyatni BMT Xavfsizlik kengashining 2254-rezolyutsiyasi, shuningdek, Ostonada qabul qilingan kelishuvlarga muvofiq siyosiy tartibga keltirish yo‘llarini izlashga xizmat qilishiga umid bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют