» » OAV: Bengazida sodir bo‘lgan ikkita terakt oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi

OAV: Bengazida sodir bo‘lgan ikkita terakt oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi


23-yanvar, seshanba kuni Liviyaning Bengazi shahrida amalga oshirilgan ikkita terakt oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sky News Arabia telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil as-Salmoniy dahasining sharqiy tomonida, shaharning eng yirik masjidlaridan birining yonida portladi. Oradan yarim soat o‘tgach, voqea joyiga huquq-tartibot xodimlari va shifokorlar yetib kelganida yana bitta avtomobil portlab ketgan.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, teraktlar oqibatida Liviya milliy armiyasining tergov-qidiruv bo‘limi boshlig‘i Ahmad Ali al-Fitrui halok bo‘lgan. Jarohat olganlar orasida Liviya razvedka xizmatining generali Mahdi al-Fallayax ham bor.

Bengazi Tripolidan ming kilometr sharqda joylashgan bo‘lib, 2011-yil 17-fevralda mamlakatda boshlangan inqilobga “beshik” vazifasini o‘tagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют