» » Saudiya Arabistoni neftdan voz kechadi

Saudiya Arabistoni neftdan voz kechadi


Saudiya Arabistoni neftdan voz kechiladigan davrga qadam qo‘yadi va barpo etilayotgan “kelajak megapolislari” mamlakat iqtisodiyoti o‘sishi va diversifikatsiyasini ta’minlashiga umid qilmoqda. Bu haqda King Abdullah Economic City (KAEC, Qirol Abdullaning iqtisodiy shahri) loyihasi boshqaruvchi direktori Fahd al-Rashid Davosdagi forumda ma’lum qildi, deb yozadi CNBC.

“Biz portlar, ko‘ngilochar sanoat, shuningdek qurilishni rivojlantirishni mo‘ljallamoqdamiz. To‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanayotganligimizga ishonchimiz komil”, — dedi u.

Al-Rashid Saudiya Arabistonining dunyo bilan savdosi o‘sishiga yordam berishi taxmin qilinayotgan KAEC megapolisi yaratilishini nazorat qiladi.

Shaharga 2016-yilda Jiddadan 100 kilometr masofada, Qizil dengiz sohilida asos solingan. Loyihaning umumiy qiymati 100 milliard dollarga baholanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют