» » Maktabgacha ta’lim vazirining kutilmagan tashrifi bolalar bog‘chasi xodimlarini esankiratib qo‘ydi

Maktabgacha ta’lim vazirining kutilmagan tashrifi bolalar bog‘chasi xodimlarini esankiratib qo‘ydi


O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri (MTM) Agrippina Shin 23-yanvar, seshanba kuni poytaxtdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga uyushtirgan navbatdagi kutilmagan tashriflarida ularda ishlayotgan xodimlarni sarosimaga solib qo‘ydi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Yunusobod tumanidagi 206-MTMda soat 12:20 bo‘lishiga qaramay, bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun tushlik tashkil etilmagan. Bog‘cha mudirasi esa mehmonlarga tayyorlov guruhidagi o‘quv-tarbiya jarayoni bilan tanishishni taklif qildi. Bolalar tayyorlov guruhi tarbiyachisi, 18 yillik pedagogik tajribaga ega Dilyara Egamberdiyevaning mashg‘ulotlariga shu qadar qiziqib ketganidan mehmonlarning guruhga kirib kelganini ham sezmay qolishdi. Bog‘cha opaning ta’lim-tarbiya berish metodikasini yuqori boholagan vazir oshxonaga yo‘l oldi.

Taomnoma bo‘yicha 2-qaylali no‘xatli bo‘tqa pishish arafasida bo‘lsa-da, uning ichida yangi solingan xom go‘sht borligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, oshpaz E. Mamedova taomnoma bo‘yicha tushlikdagi 2-ovqatga berilishi lozim bo‘lgan 35,22 kilogramm o‘rniga 31 kilogramm go‘sht ishlatgan. Ammo mehmonlarning kutilmagan tashrifi uni esankiratgani bois, pishib turgan bo‘tqaga yana 4 kilogramm xom go‘shtni solib yuborgan. Bu esa tushlik vaqtini kechiktirib, kun tartibining buzilishiga ham sabab bo‘lgan.

Shuningdek, mazkur bog‘chaning quvvati 540 nafar bolaga mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, 2018-yilning 1-yanvar holatida tarbiyalanuvchilar soni 740 nafarni tashkil etgan. Bolalar bog‘chasi binosining birinchi blogi esa tuman hokimiyati tomonidan mahalla qo‘mitasiga berib yuborilgan. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar munosabati bilan mudira V.Muxammedova, oshpaz E.Mamayedova, ombor mudiri D.Dadaxodjayeva bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Shuningdek, bog‘cha hamshirasi Sh.Tashtayevaga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Kunning ikkinchi yarmida vazir va yana bir qator mas’ullar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 14-maktabgacha ta’lim muassasasida ham bo‘lishdi. Bu yerdagi vaziyat ham yuqoridagidan farq qilmaydi, deya qayd etdi vazirlik matbuot xizmati. Bog‘cha 1980-yilda qurilgan bo‘lib, uning quvvati 320 o‘ringa mo‘ljallanganiga qaramay, bugungi kunda ushbu bog‘chada 551 nafar bola tarbiyalanmoqda.

Bundan tashqari, oshxona faoliyati talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan. Xususan, maktabgacha ta’lim muassasiga Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Ibragimova” MChJ tomonidan yetkazib berilgan go‘shtning bir qismi sifatsiz holatda ekani va yaroqsiz go‘sht mahsulotlari oshxona muzlatgichida saqlangani aniqlandi.

Natijada bog‘cha ombor mudiri D. Baxromova va bosh oshpaz D. Davirova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi vazifasini bajaruvchi F.Usmanbekova hamda hamshira G.Xo‘jamqulovaga esa “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. “Ibragimova” MChJ bilan tuzilgan shartnoma ham bekor qilingan.

Agrippina Shin o‘rganish davridagi holatlarni zudlik bilan bartaraf etish va ularni takrorlamaslik maqsadida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijroga qaratish yuzasidan mutassadilarga topshiriq berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют