» » Amerikalik erkak hibsga olish vaqtida politsiyachilar itini tishlab oldi

Amerikalik erkak hibsga olish vaqtida politsiyachilar itini tishlab oldi


AQShda politsiyachilar itini tishlab olgan erkak hibsga olindi, deb xabar berdi Reuters.

21-yanvar kuni Nyu-Gempshir shtati politsiyasiga qotillik sodir etilgan uyga yetib kelish bo‘yicha xabar kelib tushgan. Jinoyat joyida qidiruvda bo‘lgan ikki nafar erkak aniqlangan.

“Ularning ikkisi ham hibsga olish jarayonida qarshilik ko‘rsatdi. Ulardan biri itni tishlab oldi, bunga javobat it ham uni tishladi. Natijada jinoyatchiga nisbatan elektroshoker qo‘llanildi”, — deydi politsiya ofitseri Jeyson Killari.

Ismi oshkor qilinmagan jinoyatchiga nisbatan hibsga olish jarayonida qarshilik ko‘rsatish va politsiya itiga hujum qilish ayblovlari ilgari surilgan.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, it jarohat olmagan va xizmatga qaytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют