» » O‘zbekistonda kitob tarqatuvchilar assotsiatsiyasi tuziladi

O‘zbekistonda kitob tarqatuvchilar assotsiatsiyasi tuziladi


O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi kitob tarqatuvchilar assotsiatsiyasi tuzilayotganini ma’lum qildi.

“O‘zbekistonda yiliga 3 ming nomdan ziyod, qariyb 60 million nusxada adabiyotlar nashr etilmoqda. Lekin ularni joylarga arzon narxlarda, to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish masalasida muammolar mavjud. Shuni hisobga olib, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi huzurida kitob tarqatuvchilar assotsiatsiyasi tuzilishi belgilandi”, — deyiladi xabarda.

Mazkur tuzilmaning asosiy maqsadi kitob sotuvchilarni bir jamoat tashkiloti atrofida jipslashtirish bo‘lib, ularni tashkiliy, uslubiy, ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistondagi nashriyotlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatishiga ko‘maklashish, kitob savdosi menejmentiga o‘rgatish, o‘quvchilarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, nashriyotlarning nashr rejalarini shakllantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi.

Qayd etilishicha, mazkur assotsiatsiya kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish, ularni sotish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi. Shu kunlarda assotsiatsiyaning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют