» » Qozog‘iston bosh prokurori yo‘lovchi tashish sohasida tekshiruvlar o‘tkazishga ko‘rsatma berdi

Qozog‘iston bosh prokurori yo‘lovchi tashish sohasida tekshiruvlar o‘tkazishga ko‘rsatma berdi


Qozog‘iston bosh prokurori Qayrat Kojamjarov yo‘lovchi tashish sohasida tekshiruvlar o‘tkazishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi Tengrinews.

“Muntazam bo‘lmagan yo‘lovchi tashish sohasidagi tahlillar bu borada jiddiy va tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Yo‘lovchi tashish nosoz va noqonuniy ravishda qayta jihozlangan avtobuslarda, ruxsat beruvchi hujjatlarsiz, yo‘l harakati, yo‘lovchi tashish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda. 

Shu munosabat bilan Qayrat Kojamjarov Transport bosh prokuraturasi va viloyatlar prokuraturalariga sohada tekshiuvlar o‘tkazishni topshirgan. Ulardan ko‘zda tutilgan maqsad yo‘lovchi tashish qoidalarini qo‘pol ravishda buzib kelayotgan tashuvchilar faoliyatiga chek qo‘yish, shuningdek, yo‘llarda avariyalar va favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi holatlarni bartaraf etishdan iborat. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozog‘iston Transport qo‘mitasining hududiy inspeksiyalari ma’muriy politsiya xodimlari bilan hamkorlikda “Avtobus” tezkor-profilaktik tadbirini o‘tkazayotgani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют