» » Metall konstruksiyalarning umri bir necha barobarga uzaytirilmoqda

Metall konstruksiyalarning umri bir necha barobarga uzaytirilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2015-yil 20-maydagi PQ-2533-sonli “2016—2020-yillar mobaynida rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, O‘zbekistonda ilk marotaba katta o‘lchamli metall konstruksiyalarni qaynoq usulda rux bilan qoplash imkoniyati, rux bilan qoplangan zamonaviy ko‘cha yoritgich ustunlari hamda metall yo‘l to‘siqlari ishlab chiqara oladigan birinchi korxona — “Bektemir Metall Konstruksiyalari” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Korroziyadan himoya qilishning eng ishonchli, iqtisodiy, ekologik toza va butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan usullaridan biri — temir konstruksiyalarni qaynoq usulda rux bilan qoplash hisoblanadi.

Bu korxonaga ishga tushirilishi uchun Italiya, Xitoy va Janubiy Koreyadan texnologiyalar keltirilgan va 2017-yilning may oyida korxona o‘z faoliyatini boshlagan. Yoritgich ustunlari (yillik ishlab chiqarish quvvati: 9,5 ming dona) hamda yo‘l to‘siqlari (814 ming pogonometr to‘siq yiliga) kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish, shuningdek, ana shu mahsulotlar va boshqa metall konstruksiyalarini qaynoq usulda rux bilan qoplash (umumiy quvvat: 65 ming tonna metall konstruksiyalar yiliga) yo‘lga qo‘yilgan.

Bu bilan mamlakatimiz qurilish infratuzilmasi tomonidan foydalaniladigan — rux bilan qoplangan metall konstruksiyalarining import qilinishi uchun bir yilda sarflanadigan qariyb 50 million AQSh dollar mablag‘ini iqtisod qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Loyihani hayotga tadbiq etish natijasida 255 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shu jumladan, 57 nafar kollej bitiruvchilarining bandligi ta’minlandi.

Yuqorida aytilganidek, metall konstruksiyalarini qaynoq usulda ruxlantirish butun dunyo bo‘ylab korroziyadan himoyalashning eng ishonchli, iqtisodiy va juda keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanib, shuningdek, metall mahsulotlarining yuzasini mexanik shikastlardan va har xil iqlim ta’sirlaridan qo‘shimcha himoyalay oladi.

Ruxlangan metall konstruksiyalarining korroziyadan himoyalanish davri, atrof-muhitning tabiiy-iqlim sharoiti va metall mahsulotlaridan tezkor foydalanishga bog‘liq ravishda 65 yildan 120 yilgachadir.

Korxonada qaynoq usulda ruxlantirish jarayoni GOST 9.307 (Yevropa standarti EN 1461 analogi)ga muvofiq amalga oshiriladi. Bisol s.p.a. (Italiya) — Yevropaning yetakchi kompaniyasi tomonidan uskuna va texnologiyalar o‘rnatilgan. Qaynoq usulda ruxlantirish jarayoni bir necha bosqichlardan o‘tib amalga oshiriladi. Jumladan, suyuq rux bilan to‘ldirilgan sig‘imga solinadigan metall avval yog‘sizlantiriladi, keyin unga ishqorlar yordamida ishlov beriladi, so‘ngra metall flyuslanib (buyum usti noorganik kristall birikmalar bilan qoplanadi) quritilgach, qaynoq rux bilan to‘ldirilgan sig‘imga solinadi. U yerdan yuk ko‘targichlar yordamida ko‘tarib olingan metall oldin sovutilib, keyin passivatsiya(qo‘shimcha himoyaviy qoplam bilan qoplash) qilinadi.

Yoritgich ustunlari ikki xil, ya’ni konus va ko‘p qirrali bo‘ladi. 3 metrdan 12 metrgachan bo‘lgan uzunlikda yoritgich ustunlari, shuningdek, 30 metrgacha uzunlikda machtalar ishlab chiqariladi. Har xil diametrli ustunlar mustahkam konstruksiya, yengil vazn hamda ko‘rkam dizaynga ega. Bu ustunlardan boshqa maqsadda, ya’ni flagshtok, uyali aloqa minorasi, shuningdek, svetofor, videokuzatuv kamerasi, yo‘l belgilari, reklama va axborot lavhalar o‘rnatiladigan ustunlar ko‘rinishida ham foydalanish mumkin.

Qaynoq rux bilan qoplangan metall konstruksiyalaridan foydalanilganda, ularni har yili bo‘yoqlab turishga va korroziya sababli shikastlangan konstruksiya qismlarini almashtirishga hojat qolmaydi. Shunday qilib har yili buyoqqa, ish kuchiga va boshqa xarajatlarga ketadigan pullar tejaladi va ruxlantirilgan konstruksiyalar uzoq muddat xizmat ko‘rsatadi.

Korxonada 28 turdagi metall yo‘l to‘siqlari ishlab chiqariladi. Ular bir yoki ikki tomonli, bir yoki ikki yarusli, shuningdek, katta va kichik yo‘llar, ko‘priklar yoki yo‘l o‘tkazgichlarga mo‘ljallab tayyorlanadi. Sir emas avtomobil yo‘llarida mashinalar va piyodalar xavfsizligini ta’minlashda yo‘l chetlarida o‘rnatilgan to‘siqlar muhim rol o‘ynaydi. Binobarin, bu to‘siqlar avtotransport vositalarining behosdan yo‘ldan chiqib ketish, qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha kelayotgan avtomobillar bilan to‘qnashib ketish xavflaridan asraydi.

Ustunlar ham, to‘siqlar ham ruxlangani bois, ularning xizmat qilish muddati kamida bir necha o‘n yilni tashkil etadi. Binobarin, qaynoq usulda ruxlantirilgan konstruksiyalardan qurilish, neft-gaz, tog‘-kon, energetika, qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik, aloqa va informatsion sohalarida foydalanish mumkin.

Korxona faoliyati boshlanganiga endigina 9 oy bo‘lganiga qaramay, o‘tgan vaqt davomida yurtimizdagi ko‘plab obyektlarga mahsulotlar yetkazib berildi. Chunonchi, korxonada ishlab chiqarilgan har xil turdagi konstruksiyalar, Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohi — Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmuasida, poytaxtimizdagi Bobur nomli ekobog‘da, Farg‘ona yo‘li va Nukus ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘lo‘tkazgichda, Qibray tumanidagi avtomobil yo‘lida, hamda birinchi Prezidentimiz dafn etilgan Samarqand shahridagi maqbarani qurish va obodonlashtirishda foydalanildi.

Ma’lumot uchun: Amerika galvanizatsiya(“ruxlantirish”) assotsiatsiyasi (American Galvanizers Association – AGA) tadqiqotlariga ko‘ra, qaynoq usulda ruxlantirilgan metall konstruksiyasi:

Manzil: Toshkent shahri Bektemir tumani, Binokor, Sholikor ko‘chasi 51A

Telefon: +998(71) 205-19-99.

Mobil telefon: +998(97) 444-11-29; +998(97) 444-11-24; +998(97) 444-11-95; +998(97) 444-11-96.

Pochta: info@bmk.uz

Sayt: www.bmk.uz

Facebook: https://www.fb.me/bmk.uz

LinkedIn: https://www.linkedin.com/company/bmkuz/

Twitter: https://twitter.com/bmk_uz

Instagram: https://www.instagram.com/bmk.uz/

Telegram: @bmk_uz

Telegram kanal:https://t.me/bmkuz

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют