» » Bengazidagi ikkita terakt qurbonlari soni 33 kishiga yetdi

Bengazidagi ikkita terakt qurbonlari soni 33 kishiga yetdi


23-yanvar kuni Liviyaning Bengazi shahrida sodir etilgan ikkita terakt qurbonlari soni 33 kishiga yetdi, 70 dan ortiq kishi esa yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil as-Salmoniy dahasining sharqiy tomonida, shaharning eng yirik masjidlaridan birining yonida portladi. Oradan yarim soat o‘tgach, voqea joyiga huquq-tartibot xodimlari va shifokorlar yetib kelganida yana bitta avtomobil portlab ketgan.

Avvalroq, 28 kishining vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Mamlakatdagi hech bir terrorchilik guruhi terakt javobgarligini o‘z zimmasiga olmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют