» » Hukumat Aqto‘be fojiasidan so‘ng ko‘rayotgan choralar, butun boshli tumanni “haromi” deb so‘kkan hokim, O‘zbekistonda kutilayotgan sovuq havo va kunning boshqa muhim xabarlari

Hukumat Aqto‘be fojiasidan so‘ng ko‘rayotgan choralar, butun boshli tumanni “haromi” deb so‘kkan hokim, O‘zbekistonda kutilayotgan sovuq havo va kunning boshqa muhim xabarlari


24-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Farg‘ona viloyati hokimi Aqto‘be bo‘yicha yig‘ilishda toshloqliklarni “haromi” deb atab, ularning Hajga borishini taqiqladi. “Haromi” degani nima? O‘zbek tilining izohli lug‘ati javob beradi.

2. Aqto‘beda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarga bag‘ishlangan xayriyada 160 mln so‘m yig‘ildi. “Eslatib o‘tamiz, dastlabki rejalarimiz bo‘yicha, xalqimizning sahovati natijasida har bir marhumning oilasiga 10 million so‘mdan ajratishni niyat qilganmiz”.

3. Toshkentda uy-joyni propiskasiz rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha hujjatlar loyihasi 20-martgacha ishlab chiqiladi. Loyihalar 2018-yil davomida tasdiqlanishi mumkin. Mazkur hujjatlar kuchga kirganidan keyingina amaliy ishlarga kirishiladi.

4. O‘zbekistonda ID-kartalar bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shunday qilib, qo‘limizdagi pasportlarimiz xorijga chiqish pasportlariga aylanmasligi ehtimoli katta.

5. O‘zbekistonda ob-havoning keskin sovib ketishi kutilmoqda. Kutilayotgan sovuqlar avtotransport, aloqa, energetika va kommunal xizmatlar ishini qiyinlashtirishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют