» » Samarqandda ikkinchi tramvay liniyasi ishga tushadi

Samarqandda ikkinchi tramvay liniyasi ishga tushadi


30-yanvardan Samarqand shahrida “Vokzal – Siyob bozori” yo‘nalishi bo‘yicha 2-tramvay liniyasi rasman ishga tushadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yangi yo‘nalish bo‘yicha sinov safari 25-yanvarda o‘tkaziladi. Yetkazib kelingan travmaylar ayni vaqtda ekspluatatsiyaga tayyorlanmoqda. Bekatlar ham shay qilib qo‘yilgan.

“Vokzal – Siyob bozori” yo‘nalishi 5 kilometrdan iborat bo‘lib, 18 ta bekatni o‘z ichiga olgan. Har qatnov oralig‘i — 7 daqiqa. Yo‘lovchi bu yo‘nalishda shahar vokzalidan Siyob bozoriga 20 daqiqada yetib olishi mumkin.

Kelgusida Samarqand shahrida 3-tramvay liniyasini ishga tushirish rejalashtirilgan. 23,2 kilometr uzunlikdagi bu liniya shaharning Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidan Kimyogarlar shaharchasiga qadar harakatlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют