» » Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekiston U23 futbol termasi Osiyo chempionati finaliga chiqqani bilan Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekiston U23 futbol termasi Osiyo chempionati finaliga chiqqani bilan Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Janubiy Koreya prezidenti ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini shu kunlarda Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston U23 (yoshlar) terma jamoasi ko‘rsatayotgan “ajoyib o‘yin” va o‘zbekistonliklar musobaqa finaliga chiqqani bilan samimiy qutlagan.

O‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya rahbariyati va xalqiga Pxyonchxanda tashkil etiladigan va jahon sporti tarixiga kiradigan qishki Olimpiya o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tishini chin dildan tilagan.

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha O‘zbekiston U23 terma jamoasi 23-yanvar kuni Xitoyda davom etayotgan Osiyo chempionati yarim finalida Janubiy Koreya terma jamoasini qo‘shimcha vaqtlarda 4:1 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘zbekistonlik futbolchilar musobaqa finalida Vyetnamga qarshi o‘ynaydi. O‘yin 27-yanvar, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 13:00 da boshlanadi.

Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahri 9—25-fevral kunlari hisob bo‘yicha 23-qishki Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekistondan ikki sportchi — Misha Ge (figurali uchish) va Komiljon To‘xtayev (tog‘ chang‘i sporti) qatnashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют