» » Farg‘onada 3 oylik chaqaloqni 13 ming dollarga sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Farg‘onada 3 oylik chaqaloqni 13 ming dollarga sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi


MXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadbir davomida 23 yoshli O.G. va 21 yoshli M.N. 3 oylik chaqaloqni 13 ming dollar evaziga sotayotgan payt qo‘lga olindi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Har ikki ayol voqea joyida ushlandi.

MXX viloyat boshqarmasi tezkor xodimlarining IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan ikkinchi maxsus tadbirida esa Yozyovon tumanida yashovchi A.D. va M.U. tomonidan 3 yoshli bolani 7 ming dollariga sotib yuborilishining oldi olindi.

Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют