» » Rossiyadagi restoranlar tarmog‘ining bosh direktori kelishmovchilik sabab moliyaviy direktorni otib qo‘ydi

Rossiyadagi restoranlar tarmog‘ining bosh direktori kelishmovchilik sabab moliyaviy direktorni otib qo‘ydi


Rossiya tergov qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, Moskvadagi restoranlar tarmoqlaridan birining top-menejerlari o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik ulardan birining o‘limiga olib keldi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Xabar berilishicha, kompaniya bosh direktori va 59 yoshli moliyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rtasida moliyaviy masalada kelishmovchilik bo‘lgan. O‘zaro janjal vaqtida 58 yoshli bosh direktor ov miltig‘i bilan moliyaviy direktorning boshiga otgan va bu uning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Shundan so‘ng bosh direktor o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan, biroq tez yordam uni kasalxonaga olib borgan.

Tergov qo‘mitasi nizo ishtirokchilari va kompaniya nomi haqida ma’lum qilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют