» » Braziliyada bolakay tasodifan yuragiga six sanchib oldi va omon qoldi

Braziliyada bolakay tasodifan yuragiga six sanchib oldi va omon qoldi


Braziliyalik shifokorlar o‘z yuragiga tasodifan kabob sixini sanchib olgan bolani qutqarib qoldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Hodisa 18-yanvarda yuz bergan. 11 yoshli bola uy oldida o‘ynab yurgan va kutilmaganda muvozanatini yo‘qotib, orqasi bilan sixlar solingan bochkaning ichiga yiqilgan.

Bola kasalxonaga olib borilgan. Shifokorlarning aytishicha, six haqiqatdan ham yurakka sanchilgan, chunki har yurak urishida six tebranib turgan. Sixni olib tashlash bo‘yicha operatsiya bir yarim soat davom etgan.

Jarrohning aytishicha, bolani kasalxonaga olib kelgunga qadar hech kimning sixni olishga harakat qilmagani uni qutqarib qolgan, aks holda u ko‘p qon yo‘qotib, kasalxonaga kelgunga qadar vafot etgan bo‘lardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 00:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют