» » Haqiqatan ham ovqatni uzoq chaynash kerakmi?

Haqiqatan ham ovqatni uzoq chaynash kerakmi?


Aytishlaricha, biron-bir yegulikni yutishdan oldin 30 gacha ( ba’zi taxminiy fikrlarga asosan 20 gacha yoki hatto 60 gacha) sanash davomida chaynash kerak ekan. Biz buni sinab ko‘rdik va bu juda uzoq muddat degan fikrga keldik, shuning uchun savol paydo bo‘ldi: agar me’da baribir hammasini hazm qilib yuboradigan bo‘lsa, ovqatni uzoq chaynashning nima keragi bor? Biz yordam so‘rab gastroenterolog Anna Yurkevichga murojaat qildik.

Ovqatlanishda taomlarni qanday chaynash masalasiga oydinlik kiritish maqsadida e’tiboringizga gastroenterolog  Anna Yurkevichning tavsiyalarini havola qilmoqchimiz.

Ovqat qancha yaxshiroq va maydaroq chaynalsa, u so‘lak yordamida shuncha yaxshi iviydi va buning natijasida qizilo‘ngach bo‘ylab oson harakatlanadi. Shuningdek, hazm qilish jarayoni og‘iz ichidayoq boshlanadi: so‘lakda buning uchun fermentlar bor. Shunisi ham borki, katta bo‘laklar tiqilib qolishi mumkin-da, axir.

Lekin, ketma-ket katta lo‘qmalar yutish yaramaydi: bu qizilo‘ngachning qisqarishiga zarar yetkazadi va qizilo‘ngach va me’da orasidagi klapanni zaiflashtiradi. Ishonmasangiz, sinab ko‘rishingiz mumkin!

Yana bir tomoni bor. Biz ko‘pincha oyoq ustida, ulfatchilikni saqlash uchun, odob yuzasidan ovqatlanamiz. Bularning hammasi ovqatdan to‘liq rohatlanishga, mazaning hamma belgilarini his qilishga va to‘yish jarayonini o‘z vaqtida anglashga imkon bermaydi.

Sekin va shoshilmasdan yeyish ongli ovqatlanishning muhim qismi hisoblanadi, u tufayli siz hech qachon ortiqcha yeb qo‘ymaysiz va kam miqdordagi ovqatdan katta lazzat olishni o‘rganasiz!

Manba: “Layfxaker”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 06:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 13) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют