» » “Qirollik klubi”da inqiroz davom etadi. “Leganes” futbolchilari “Real”ni Ispaniya Kubogidan chiqarib yubordi

“Qirollik klubi”da inqiroz davom etadi. “Leganes” futbolchilari “Real”ni Ispaniya Kubogidan chiqarib yubordi


Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining yarim finaliga “Atletiko”dan keyin “Real” ham yo‘l ola bilmadi. Shu tariqa Madrid yetakchilari qo‘l ushlashib, musobaqadan chiqib ketdi.

Chorak finalning ilk o‘yinida Zidan jamoasi “Leganas” maydonidan minimal hisobdagi g‘alaba bilan qaytib kelgandi. “Santyago Bernabeu” arenasida kechgan javob o‘yinida esa mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi va safarda ko‘proq gol urilgani hisobiga, yarim finalga yo‘l oldi. Bu mazkur bosqichning eng sensatsion natijasi bo‘ldi.

“Valensiya” futbolchilari esa final ostonasiga yetib kelish uchun penaltilar seriyasidan o‘tishlariga to‘g‘ri keldi. Bir yil avval kubok finaliga qadar yetib kelib, “Barselona”dan 1:3 hisobida yengilgan “Alaves” futbolchilari penaltilar seriyasida ancha sust ishtirok etdi. Bir emas uch futbolchi 11 metrlik nuqtadan noaniq zarba yo‘llagach, “Alaves” turnirdan chiqib ketdi.

Bugun — 25-yanvar kuni “Barselona” yarim finalga yo‘l olish uchun urinib ko‘radi. Valverde jamoasi Kataloniya derbisining birinchisida imkoniyatni boy bergandi. “Kamp Nou”da ular buning uchun o‘ch olishga urinib ko‘radi.

Ispaniya Kubogi

Chorak final

24-yanvar, chorshanba

Gollar: Munir El-Xaddadi, 73 (1:0). Santyago Lorenso, 77 (1:1). Ruben Sobrino, 86 (2:1).

Dastlabki o‘yin: 1:2

Gollar: Xavyer Eraso, 31 (0:1). Karim Benzema, 47 (1:1). Gabriel, 55 (1:2).

Dastlabki o‘yin: 1:0

25-yanvar, payshanba

“Barselona” — “Espanyol” (0:1)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют