» » Yarim finalda “Chelsi”ni mag‘lub etgan “Arsenal”, Liga Kubogining finalida “Manchester Siti” bilan o‘ynaydi

Yarim finalda “Chelsi”ni mag‘lub etgan “Arsenal”, Liga Kubogining finalida “Manchester Siti” bilan o‘ynaydi


Londonning “Arsenal” klubi Angliya Liga Kubogining ikkinchi finalchisiga aylandi. Bir kun muqaddam Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” futbolchilari final chiptasiga ega chiqandi.

London derbisida “Arsenal” va “Chelsi” bu yil hisobidan to‘rtinchi bor to‘qnash keldi. Avvalgi uch o‘yinda g‘olibni aniqlashning iloji bo‘lmagandi. Bu safar esa Arsen Venger shogirdlari irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hisob Azar tomonidan ochilganiga qaramay, “aristokratlar” ustunlikni saqlab qola olmadi va o‘z darvozasidan 2 ta gol o‘tkazib yubordi.

25-fevral kuni chempion jamoa nomiga oydinlik kiritiladi. Final odatga ko‘ra, Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Angliya Liga Kubogi

Yarim final

24-yanvar, chorshanba

Gollar: Eden Azar, 7 (0:1). Antonio Ryudiger, 12-avt (1:1). Granit Jaka, 60 (2:1).

Dastlabki o‘yin: 0:0



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют