» » KXDR barcha koreyslarni birlashishga chaqirdi

KXDR barcha koreyslarni birlashishga chaqirdi


KXDR “uydagi va chet eldagi” koreyslarni tinchlikni himoya qilish bo‘yicha kuchlarini birlashtirishga va AQSh provokatsiyalariga to‘siq bo‘lishga chaqirdi. Shimoliy Koreya ularni birlashuvga yetaklaydigan muvaffaqiyatga erishishga da’vat etdi, deb yozadi “RBK” KXDR Markaziy telegraf agentligi saytida e’lon qilingan xabarga tayanib.

Ham KXDR, ham Janubiy Koreyadagi koreyslarning barchasi hamkorlik, aloqa va turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shishi kerak, deyiladi bayonotda.

Pxenyandagilar fikricha, ikkala Koreya fuqarolari ham keskin harbiy tanglikni yumshatish va yarim orolda tinch iqlimni yaratish uchun erkin ko‘chib yurish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, KXDR ikki mamlakatning birlashishiga to‘sqinlik qilish borasidagi barcha urinishlarni chipakka chiqarishini ta’kidladi.

21-yanvar kuni so‘nggi to‘rt yil ichida birinchi marta KXDR delegatsiyasi Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun Janubiy Koreyaning Kannin shahriga yetib keldi. Bundan bir kun oldin Xalqaro olimpiya qo‘mitasi shimoliy koreyalik 22 sportchining bo‘lg‘usi qishki musobaqalarda qatnashishiga ruxsat berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют