» » Ispaniyada o‘lik erkak morgda “uyg‘onib”, qamoqxonaga ketdi

Ispaniyada o‘lik erkak morgda “uyg‘onib”, qamoqxonaga ketdi


Temir lomni o‘g‘irlagani uchun qamoq muddatini o‘tayotgan ispaniyalik Gonzalo Montoya morgda hushiga keldi, shundan so‘ng yana turma kamerasiga qaytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

7-yanvar kuni erkakni behush holatda topishgan. Montoyani bir nechta shifokorlar tekshirib, o‘lganligini tasdiqlagan.

So‘ng mahbusning jasadi morgga keltirilgan. U yerda esa erkak “uyg‘onib”, patologoanatomlar diqqatini jalb etgan va ularni qattiq qo‘rqitib yuborgan. Ular erkak tirik ekanligini e’tirof etgan.

Montoya zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan. Shifoxonada yana ikki oy qolishi mumkin bo‘lsa-da, ikki haftadan so‘ng erkak qamoqxonaga qaytishga qaror qilgan.

Mahbusning oilasi hodisadan keyin Montoya ozod etiladi, deb taxmin qilmoqda. Qarindoshlari sudlashmoqchi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют