» » 105 yoshli shifokordan uzoq umr ko‘rishning 6 siri

105 yoshli shifokordan uzoq umr ko‘rishning 6 siri


Yaponiyalik shifokor Sigeaki Xinoxara 2017-yilda 105 yoshida vafot etdi. U umrining oxirigacha o‘z bemorlarini davolashni davom ettirdi. Uning qabuliga kirish uchun bemorlar 5 yil oldindan navbatga yozilgan.

Hatto shunday tabarruk yoshda ba’zan bir kunda 18 soatlab ishlash bilan ham shifokor Sigeaki Xinoxara o‘zining ishlash qobiliyati va uzoq umr ko‘rish sirlarini hech qachon yashirgani yo‘q. Bugun biz uning bu boradagi eng mashhur olti hikmatini esga olamiz.

“Nafaqaga ketmang. Agar bu sizga juda zarur bo‘lsa, unda belgilangan 65 yoshdan kechroq chiqing”.

U bergan intervyusida, hozir odamlarning o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi ancha uzayganini, 2015-yilda Yaponiyada bu ko‘rsatkich 84 yoshni tashkil qilganini aytdi. Aynan shuning uchun agar odamlar o‘ziga ajratilgan muddatda to‘la-to‘kis yashashni xohlasa, nafaqaga ancha kechroq chiqishi kerak.

“Hammamiz bolalik paytimizda vaqtichog‘lik qilarkanmiz ko‘pincha yeyishni yoki uxlashni ham unutib qo‘yganimizni eslaymiz. Men bu munosabatni katta bo‘lganimizda ham saqlab qolishimiz kerak deb hisoblayman. Yaxshisi tanani tushlik payti va uxlashga yotishning aniq vaqti kabi haddan ziyod ko‘p qoidalar bilan charchatmaslik kerak”.

“Nonushtada men qahva, bir stakan sut va bir osh qoshiq zaytun yog‘i qo‘shilgan ozroq apelsin sharbati ichaman. Zaytun yog‘i tomirlar uchun juda foydali va terini sog‘lom tutadi. Tushlikda odatda sut va biroz pechenye olaman, ba’zan esa agar haddan tashqari band bo‘lsam, umuman hech narsa yemayman. Men hech qachon o‘zimda kuchli ochlikni his qilmayman, chunki men diqqatimni o‘z ishimga jalb qilaman. Kechki ovqatda odatda sabzavotlar, ozroq baliq va guruch va bir haftada ikki marta 100 gramm yog‘siz go‘sht yeyman”.

“Agar shifokor sizga testdan o‘tish yoki jarrohlik amaliyotini o‘tkazishni maslahat bersa, undan bunday holatda o‘zining bolalariga yoki xotiniga ham shu tavsiyani bergan bo‘larmidingiz deb so‘rang. Keng tarqalgan fikrlarga qaramasdan, shifokorlar hammani davolay olmaydi. Shuning uchun keraksiz og‘riqqa sabab bo‘lish nimaga kerak? Men musiqa va hayvonlar bilan davolash ba’zan ko‘pchilik shifokorlar o‘ylaganidan ko‘ra ancha yaxshiroq yordam berishi mumkin deb hisoblayman”.

“Og‘riq sirli, uni unutishning eng yaxshi usuli — bu albatta, o‘ziga ovunchoq topish. Kasalxonalar bemorlarning asosiy ehtiyojini qondirishi kerak: hamma xursandchilik qilishni xohlaydi. Men ishlaydigan kasalxona esa o‘z bemorlariga musiqali va hayvonot terapiyasini taklif qilishi mumkin”.

“Men mushaklarim harakat qilish bilan birga tegishlicha og‘irlikni ham olishi uchun har doim zinapoyalar bo‘ylab bir martada ikki pog‘ona o‘tkazib qadam tashlayman”.

Manba: Trendymen



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют