» » Eng badavlat xitoylik Shveysariyadagi forumga eski ayollar kurtkasini kiyib keldi

Eng badavlat xitoylik Shveysariyadagi forumga eski ayollar kurtkasini kiyib keldi


Xitoylik milliarder, Alibaba Group asoschisi Jek Ma Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumiga Canada Goose markasiga tegishli ayollar kurtkasini kiyib keldi, deb yozadi Quartzy.

Kurtkaning narxi 795 dollar bo‘lib, ushbu rangdagi model brend saytida faqat ayollar ayollar uchun mo‘ljallangan versiyada sotilmoqda.

Nashr eslatishicha, Ma 2017-yil yanvarida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun Nyu-Yorkka kelganida ham shu kurtkani kiyib olgan edi.

Alibaba Group asoschisining davlati 48,2 milliard dollarga baholanadi. U Xitoyning eng boy fuqarosi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют