» » Farg‘ona viloyati hokimligi vakili: Viloyat hokimi Toshloq tumani aholisini emas, rahbariyatini tanqid qildi

Farg‘ona viloyati hokimligi vakili: Viloyat hokimi Toshloq tumani aholisini emas, rahbariyatini tanqid qildi


Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev 23-yanvar kuni Aqto‘bedagi fojia oqibatlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan hamda internetda tarqalib ketgan va ba’zi o‘rinlari haqoratli bo‘lgan audioyozuvdagi so‘zlar unga tegishli. Buni viloyat hokimligining ismini oshkor etishni istamagan vakili “Gazeta.uz”ga tasdiqladi.

Ayni vaqtda, viloyat hokimligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Shuhrat G‘aniyev Toshloq tumani aholisini emas, balki hudud rahbariyatini tanqid qilgan.

“Aqto‘beda yuz bergan voqea katta fojia. Shu bois, ochiq-oydin ko‘rinib turibdiki, viloyat hokimi Toshloq tumanidagi vaziyatdan afsusda. U o‘zining bu chiqishi bilan ularning ham vijdoni uyg‘onishi, bunday voqealar ortiq takrorlanmasligi uchun tuman ma’muriyatining ko‘zini ochib qo‘yish niyatida bo‘lgan. Hokimni yaqindan bilganlar u toshloqliklarni qanchalik yaxshi ko‘rishidan xabardor. U faqat 2005-yilgi mitingga chiqqanlarni koyidi, u konkret odamlarni nazarda tutgan”, — dedi “Gazeta.uz” suhbatdoshi.

Hokimlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, hokim Hajni taqiqlash haqida gapirganida ziyoratga otlanayotgan odamlarni o‘z pullarini ehtiyojmandlarga xayriya qilishga chaqirmoqchi bo‘lgan.

Hokimlik vakilining qo‘shimcha qilishicha, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning 23-yanvardagi chiqishi kelajakda Aqto‘bedagi kabi fojiali hodisalarning oldini olishga urinish sifatida ko‘rilmog‘i kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют