» » Frederik Starr: O‘zbekistonda qisqa muddat ichida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi

Frederik Starr: O‘zbekistonda qisqa muddat ichida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi


22-yanvar kuni Vashingtondagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti (CACI)da “O‘zbekistonning tashqi siyosati: yangi rahbariyat ostidagi o‘zgarishlar va izchillik” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Tadbirda yetakchi tadqiqot institutlari, nohukumat tashkilotlar, OAV, diplomatik korpus vakillari, shuningdek, AQSh Kongressi stafferlari qatnashdi.

CACI raisi Frederik Starr O‘zbekistonda prezident saylovlaridan keyin qisqa muddat ichida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar sodir bo‘lganini aytdi: milliy iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi, davlat boshqaruvi tizimi iloh qilindi, xalq va hukumat muloqoti uchun keng imkoniaytlar yaratildi, OAVlar ahamiyatli darajada kuchaytirildi, fuqarolar huquq va manfaatlari himoyasi ta’minlanmoqda.

“Tashqi siyosat yo‘nalishida O‘zbekiston qo‘shni mamlakatlar bilan yaqinlashish yo‘lini tanladi, Toshkentning tashabbuslari mintaqadagi barcha mamlakatlar va Afg‘oniston poytaxtlari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda, yetakchi G‘arb mamlakatlari, shu jumladan, AQSh bilan aloqa jiddiy ravishda mustahkamlandi”, — dedi Frederik Starr.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют