» » Bostonliq tumani aholisi Ozbekistondagi tojik maktablarida kadrlar yetishmasligi masalasini kotardi

Bostonliq tumani aholisi Ozbekistondagi tojik maktablarida kadrlar yetishmasligi masalasini kotardi


Ozbekistonda nashr etiladigan Ovozi tojik gazetasida Toshkent viloyati Bostonliq tumanidagi tojik tilli qishloqlar aholisi nomidan tahririyatga yuborilgan xat chop etildi, deb yozadi UZ24. Unda mahalliy maktablarda oqituvchilar yetishmayotganligi masalasi kotarilgan.

Xatda qayd etilishicha, ilgari bunday maktablar uchun mutaxassislar Angrendagi Toshkent viloyat pedagogika institutida tayyorlangan. Ammo bir necha yildan buyon ushbu institut yopiqligi tufayli, tojik maktablari uchun kadrlar yetishmasligi holati yuzaga kelgan. Agar bu muammo bundan keyin ham hal etilmasa, u holda ehtimol, tojik maktablari yopilishi mumkin.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 27-iyulida Toshkent viloyatida Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish togrisida qaror imzolagan edi. Bostonliq tumanidagi tojik tilli qishloqlar aholisi ushbu oquv muassasasida kelajakda tojik tilida oqitiladigan guruhlar ochilsa, muammo oz yechimini topishiga umid bildirdi. Axir tojik sinflari va maktablari Angren, Chirchiq, Boka, Parkentda hamda Ozbekistonning boshqa tuman va shaharlarida ham bor, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
: admin (25-01-2018, 11:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -