» » Ostona masjidlari ko‘mir va issiq ovqat tekin tarqatishni tashkillashtirdi

Ostona masjidlari ko‘mir va issiq ovqat tekin tarqatishni tashkillashtirdi


Ostona masjidlari umumshahar xayriya aksiyasi doirasida aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga yordam ko‘rsatmoqda, deb yozadi “Kazinform”.

Ob-havo noqulay bo‘lgan kunlarda jamoat transportini kutayotgan shahar aholisi manzillariga tekin olib borildi. To‘rtta muhtoj oilaga olti tonna ko‘mir tarqatildi. Shuningdek, yo‘l ishchilari va quruvchilarga issiq ovqatlar tashkillashtirildi.

“Aksiyamizning asosiy maqsadi — sovuq kunlarda kishilarga ko‘mak berish, muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash. Hafta oxiriga qadar yoqilg‘i tarqatishni ikki tonnagacha oshirish va uni 25 ta oilaga tarqatishni rejalashtirmoqdamiz”, — deydi “Nur Ostona” masjidi rahbari Ilyos Otarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki kun davomida poytaxtning 400 nafar aholisiga tekin issiq ovqat tarqatilgan. Bundan tashqari, aksiya doirasida maxsus logotipli avtomobillar jamoat transportini kutayotgan fuqarolarni belgilangan manzillarga eltmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют