» » Sog‘liqni saqlash vazirligi tanasidan 15 ta igna topilgan 11 oylik go‘dak hayotdan ko‘z yumganligi haqidagi ovozalarni rad etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tanasidan 15 ta igna topilgan 11 oylik go‘dak hayotdan ko‘z yumganligi haqidagi ovozalarni rad etdi


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tanasidan 15 ta igna topilgan 11 oylik go‘dak hayotdan ko‘z yumganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovozalarni rad etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Vazirlik vakillarining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, bolaning holati chindan ham og‘ir, biroq shifokorlar hozirda uning hayoti uchun kurashmoqda.

Mazkur holat Farg‘ona viloyati prokuraturasi nazoratida, bu yuzasidan maxsus guruh ish olib bormoqda. “Daryo” voqealar rivojini kuzatib boradi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentda Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidan kelgan oilaning yagona farzandi 9 soat davomida operatsiya qilingani, ushbu jarayonda 11 oylik go‘dakning tanasidan 15 ta po‘lat igna chiqarib olingani haqida xabar berilgandi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют