» » Ohangaronda 2,5 kg marixuana olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

Ohangaronda 2,5 kg marixuana olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi


Toshkent viloyat IIB xodimlari o‘tkazgan tadbir davomida tumanda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1987-yilda tug‘ilgan Aleksey Musailov Eyvalak qo‘rg‘oni hududidagi dalada to‘xtatilib, tekshirildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda. 

Xolislar ishtirokidagi tekshiruvda uning yonidagi oq qop ichida 2,5 kilogrammga yaqin marixuana borligi aniqlandi. Musailov giyohvandlik moddasini o‘z iste’moli uchun saqlaganligini da’vo qildi.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 276-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют