» » Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida nosoz avtobusdan 80 dan ortiq yo‘lovchi qutqarildi

Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida nosoz avtobusdan 80 dan ortiq yo‘lovchi qutqarildi


Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida Novosibirsk—Chimkent reysi bo‘yicha harakatlanayotgan nosoz avtobusdan 80 dan ortiq yo‘lovchi qutqarildi. Bu haqda Kazakhstan Today nashri xabar bermoqda.

Ta’mirlashdan so‘ng ular belgilangan manzilga tomon yo‘lida davom etdi.

24-yanvar 11:00 da mahalliy politsiya xizmati xodimlariga Qizilo‘rda—Pavlodar trassasining 47-kilometrida VANHO markasidagi avtobus yoqilg‘i qurilmasining muzlab qolishi tufayli buzilib qolganligi haqida xabar kelib tushgan. Avtobusda Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari (81 kishi) bo‘lgan.

Buzilgan avtobus yo‘lovchilari boshqa avtobusda Pavlodarga yetkazilgan. 16:00 da nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng avtobus yo‘nalishida davom etgan. Boshqarma qurbonlar va jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют