» » Turkiyada O‘zbekiston talabalari assotsiatsiyasi tashkil etildi

Turkiyada O‘zbekiston talabalari assotsiatsiyasi tashkil etildi


Hozirgi kunda Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida 800 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda, deb yozadi “Narodnoye slovo” gazetasi.

Shu kunlarda Turkiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar, O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi va Istanbuldagi bosh konsullik vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv jarayonida talabalarga xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalarning huquqiy ong darajasi va madaniyatini o‘stirish maqsadida Turkiyadagi o‘zbekistonlik talabalar assotsiatsiyasini tuzish haqida qaror qabul qilindi.

Birlashma rahbari etib Istanbul universitetining siyosatshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi Ma’murjon Ahmadjonov saylandi.

Shuningdek, assotsiatsiyaning boshqa shaharlardagi vakillari ham tayinlandi.

Bundan tashqari, tashkilot qoshida O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi vakillari, o‘zbekistonlik pedagoglardan iborat konsultativ kengash ham tuzildi.

Assotsiatsiya ilmiy-tadqiqot ishlari, ijtimoiy-gumanitar faoliyatni targ‘ib qilish, Turkiyadagi o‘zbekistonlik talabalar bilan aloqa o‘rnatish, ularga maishiy va boshqa muammolarni hal etishda amaliy ko‘mak berish bilan shug‘ullanadi.

Tizim vakillari, shuningdek, Turkiya OAVlariga O‘zbekistondagi yoshlar harakati faoliyati haqidagi maqolalar ham tayyorlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют