» » Meksikadagi shosseda 300 ta o‘lik akula topildi (foto)

Meksikadagi shosseda 300 ta o‘lik akula topildi (foto)


G‘arbiy Meksikada yashovchi aholi dengizdan 240 kilometr uzoqlikdagi shosseda 300 ta o‘lik akula yotganini aniqladi, deb xabar beradi Fox News.

Qayd etilishicha, akulalar jinoiy guruhlar va narkosavdogarlar faoliyat yurituvchi Michoakan shtati Yurekuaro qishlog‘ida topilgan.

Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi baliqlar mamlakatning shimoliy shtatlarida noqonuniy ravishda tutilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Ular Mexikoga olib ketilayotgan bo‘lgan. Biroq, o‘g‘rilar furani egallab, olib qochib ketgan. Muzlatilgan yukni esa yo‘l chetiga tashlab yuborishgan.

“Gap tulkisimon akulalar yoki dengiz tulkilari haqida ketmoqda. Meksikada mazkur turdagi baliqlar qo‘riqlanmaydigan jonivorlar turkumiga kiradi”, — deyiladi xabarda

Aksariyat o‘lik akulalar oq brezent qoplarga solingan.

Nashrning qayd etishicha, dunyodagi 500 turdagi akulalardan 150 turdagisi Meksikadagi suv havzalarida yashaydi. Ulardan ko‘pchiligi yo‘qolib ketish arafasida turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют